Markaz tarixi
Markazimiz tarixi xaqidagi ma'lumotlar
Respublika axborot-kutubxona markazi tarixi: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Respublika axborot-kutubxona markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 2006 yil 20 iyun PQ-381-sonli qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2006 yil 18 iyuldagi “Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 213-son buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
Respublika axborot-kutubxona markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining faoliyatini boshqaruvini muvofiqlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish ishlari faoliyatini olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining”Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 19 fevral PF-5349-sonli farmoniga muvofiq Markaz O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 07-iyun kunidagi PQ-4354-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 04-aprel kunidagi 98-sonli qarori va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2021-yil 19-martdagi 37-sonli buyrug’iga muvofiq RAKMni faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uning yangilangan tuzulmasi bo’yicha Axborot-kutubxona muassasalari raxbar, mutaxassis va xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash o’quv ishlarini tashkillashtirildi.
Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalari:Markazning asosiy maqsadi: Respublikadagi Axborot-kutubxona muassasalari raxbar, mutaxassis va xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash. -zamonaviy axborot texnologiyalari asosida axborot-kutubxona muassasasi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʼyicha kurslarni tashkil etish; - fuqarolarga irqi, millati, dini mazhabi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar oʼz malakasini oshirish va qayta tayyorlov boʼyicha taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish; Matbaa va noshirlik faoliyatini olib borish, jumladan axborot-kutubxona faoliyati, innovatsion texnologiyalarga oid masalalar, yangiliklar, yangi texnologiyalarga taalluqli kasbiy va axborot nashrlari, ilmiy ishlanmalar, loyihalar hamda reklama ma’lumotlarini chop etish va tarqatish. Chet el kutubxonalarining yetuk mutaxassislari ishtirokida o‘quv-trening, seminarlarini tashkil etish; Axborot-kutubxonachilikka oid xalqaro konferensiya, simpozium va boshqa tadbirlarda qatnashish hamda chet el hamkorlari bilan axborot-kutubxona ishi faoliyatini turli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma shartnomalar tuzish; Markaz balansidagi avtomobillar, texnika vositalari, bino va inshootlarni qonunda belgilangan tartibda ijaraga berish, Markaz Milliy kutubxona bilan kelishilgan holda o‘z tarkibida filiallar va vakolatxonalar tashkil etish hamda xo‘jalik jamiyatlari va chet el jamoa birlashmalari, tashkilotlari, korxonalari tarkibiga kirish va ular bilan shartnoma asosida, tijorat faoliyati turlari bilan shug‘ullanish (shu jumladan jismoniy shaxslar bilan ham); Nizomda belgilangan vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan kelishgan holda tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish; Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. Markaz o‘z faoliyati davomida qonun ustuvorligi prinsipida ish yuritish, unga yuklangan asosiy vazifalarni, yuqori davlat boshqaruv organlari topshiriqlarini talab darajasida bajarish, shuningdek, o‘z nomidan tuzgan bitim va shartnomalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash uchun javobgardir. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlaridan, tuman axborot-kutubxona muassasalaridan Markaz vakolatiga taalluqli masalalarga oid zarur axborotlarni so‘rab olish; Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga takliflar kiritish.
